Koronavirus "qirollik klubi"da. Diasda COVID-19 aniqlandi va u "Man Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
28 iyul 2020
"Real" hujumchisi Mariano Dias koronavirusga chalindi.

Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Futbolchining testi musbat natijani ko'rsatgan, u hozir uyida va mashg'ulotlarga bormayapti. Dias endilikda CHL doirasidagi "Man Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Qayd etish kerakki, o'yinchi o'zini yaxshi his qilmoqda. O'tgan hafta Ispaniyada COVID-19'ning yangi to'lqini avj oldi.

Mariano Dias joriy mavsum "Real" safida jami 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com