Koronavirus eronlik murabbiyning umriga zomin bo'ldi

Yaqin Sharqdan xunuk xabar olindi.

Futbol murabbiyi, Eron futzal terma jamoasining sport direktori Ahmad Tohiri hayotdan ko'z yumdi. "Tehran Times" nashri xabariga ko'ra, mutaxassis koronavirus infekciyasi bilan zararlangan edi. Ma'lum bo'lishicha, 4 oy avval Tohirining bosh miyasida og'ir jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan. Buning natijasida uning immun tizimi kuchsizlangan va virusga qarshilik ko'rsata olmagan.


Manba: Tehran Times