Koreyalik futbolchi "Boxum"ga o'tdi

Xayrulla Xoliqov
7 sen 2018
Janubiy Koreya terma jamoasi a'zosi Li Chung Yong Germaniyaning "Boxum" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ushbu futbolchi bungacha Angliyaning "Kristal Pelas" klubida o'ynab kelayotgandi. "Boxum" Li Chung Yong uchun to'rtinchi klub bo'ladi. 30 yoshli himoyachi Janubiy Koreyada "ko'k ajdar" laqabi bilan tanilgan. U terma jamoada safida 79ta o'yin o'tkazgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com