"Kontega qarshi bitta o'yin bir yillik tajribaga teng"

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya chempionatining 26-turi yakuniga etganidan so'ng "Napoli"dagi hamkasbi haqida ilik fikr bildirdi.

"Biz aql bovar qilmaydigan murabbiyga ega juda kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Kontega qarshi bitta o'yin – bir yillik tajribaga teng. "Chelsi"da undan ko'p narsani o'rganganman", – dedi Fabregas.

Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan bahsda "Komo" neapolliklarni 2:1 hisobida mag'lub etdi. G'alaba Fabregas jamoasiga Italiya A Seriyasi jadvalida 13-o'ringa ko'tarilish imkonini berdi, "Napoli" esa turnir jadvalida birinchi o'rinni egallash imkoniyatini mosuvo bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira