Konte: "Yaxshi taklif tushsa, Shkrinyarni sotib yuborishimiz mumkin"

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 11:58
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening aytishiga ko'ra, himoyachi Milan Shkrinyar sotib yuborilishi mumkin.

Oldinroq futbolchi uchun "Tottenxem" jiddiy da'vogarlik qilayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Shkrinyar "Tottenxem"da? Yo'q, u bizning loyihamiz bir bo'lagi. Biroq yaqin kunlar ichida unga taklif tushishi so'roq ostida. Agarda yaxshi taklif bo'lsa, rahbariyat uni qo'yib yuborishi mumkin", - dedi Konte jurnalist Fabricio Romanoga.

25 yoshli Milan 2017 yildan buyon "Inter" tarkibida harakat qilmoqda. Slovakiyalik 128 o'yinda 4 gol va 4 assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal