Konte: "Mourinyo ikkiyuzlamachi. U Ranerini haqorat qilib, keyin Klaudioni qo'llash uchun futbolka kiygan"

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.

- U sizni kelishilgan o'yinlarda aybladi.

- Gapirishdan avval, nima bo'lganini yaxshilab o'rganib chiqish kerak. Ammo Mourinyo shunday inson. Uni yaxshi bilasiz. Bu juda past daraja.


- So'zlaringizga ko'ra, u avval ham shunday, mayda inson bo'lgan, to'g'rimi?

- So'nggi vaqtlarda uni amneziya bezovta qilmoqda. Yoshimiz o'tishi bilan hammamiz bu narsaga duch kelamiz. Bu sizga va menga ham xavf solishi mumkin. Mourinyo e'tiborliroq bo'lishi kerak.

Raneriga bog'liq ahmoqona ishni eslayman. U Klaudioni ingliz tilida yaxshi gaplasha olmaslikda ayblagan, Ranerini iste'foga chiqarishganidan so'ng uni qo'llab-quvvatlash uchun futbolka kiygan. U ikkiyuzlamachi.

Biz insonga yaxshi yoki yomon munosabatda bo'lamiz, ammo boshqalarning e'tiboriga tushish uchun fikrimizni o'zgartirmaymiz.

Sen o'sha odam bilan kurashasan, zarar etkazishga harakat qilasan, keyin, ikki yil o'tib, unga yordam berishga intilasan, chunki bu narsa obro'yingga ijobiy ta’sir qiladi.


- 25 fevralda MYUga qarshi "Old Trafford"da o'ynaysiz.

- Yuzma-yuz kelish imkoni tug'iladi. Men tayyorman. U tayyormi, yo'qmi, bilmayman - deydi Konte.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru