Konte "Inter" rahbariyatidan 2 futbolchini sotib olishni so'radi

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Kontening transfer rejalari ma'lum bo'lgan.

Italiyalik mutaxassisning asosiy transfer maqsadlari quyidagi futbolchilar hisoblanadi: "Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante va "Barselona" xavbeki Arturo Vidal. 

Avvalroq Konte "neradzurrilar" rahbariyatidan jamoani kuchaytirish uchun 180 mln evro so'ragani haqida xabar qilingandi.


Manba: La Gazzetta dello Sport