Konte: "Durangga qaramay, jamoamning o'yinidan qoniqdim"

Aziz Tukhtamuradov
6 dek 2017, 12:53
"Chelsi" bosh murabbiyi Antoni Konte "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng jamoasi o'yinidan qoniqish hosil qilganini ta'kidlab o'tdi.

"O'yin ajoyib o'tdi. Biz g'alabaga loyiq edik. Bunday vaziyatlarni yaratgandan so'ng biz gollar urib tashlashimiz shart edi. Biroq, raqib posboni maydonda eng yaxshi harakat qilgan o'yinchi bo'ldi. Boshqa vaziyatda biz bunday holatlarda agressiv harakat qilgan bo'lardik.

Durangga qaramay, jamoamning o'yinidan qoniqdim.

Navbatdagi bosqichda bizga "Barselona", PSJ yoki "Beshiktosh" kabi jamoalar to'qnash kelishlari mumkin. Bu fantastik saviyadagi turnir. Biz qitaning eng kuchli jamoalari bilan o'ynashga tayyor bo'lishimiz kerak. Finalgacha yetib bormoqchi bo'lsak, bizni mana shunday raqiblar kutib turadi. Biz bilan to'qnash kelgan jamoa xursand bo'lmasa kerak", - dedi italiyalik murabbiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA.COM