Konte – ayol jurnalistga: Savol berishdan oldin o'ylab ol. Shaxter avgustda 0:5 hisobida yutqazgani uchun taktikani o'zgartirdi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2020
Inter ustozi Antonio Konte Shaxterga qarshi o'yindan (0:0) so'ng matbuot anjumanida anchagina asabiylashdi.

– Inter YCHLda Shaxter bilan ikki marta 0:0 hisobida durang o'ynadi, avgust oyida Yevropa ligasi yarim finalida shu jamoani 5:0 hisobida mag'lub etgandi.

– Ular bizga qarshilik ko'rsatish uchun taktikani o'zgartirishdi. Ular avgustda 0:5 hisobida yutqazishganidan keyin taktikani o'zgartirishdi. Savol berishdan oldin o'ylab ol, – deb javob berdi Konte PSJ direktori Leonardoning turmush o'rtog'i Anna Biloning savoliga.

Keyingi savolni mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello berdi.

– Nimadir o'xshamasa sizda B plan bormi?

– B plan bor, ammo bu haqda gapirmayman. Aks holda fojea bo'ladi. Sababi uni ham bilib olishadi va qarshi usul topishadi, – dedi Konte.

Inter B guruhida bitta g'alabaga erishib to'rtinchi o'rinni band etdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net