Konte "Arsenal"ga qarshi bahs paytida nega yordamchisini turtib yuborgani sababini aytdi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2017
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Arsenal"ga qarshi Angliya chempionatining 24-tur uchrashuvida (3:1) yordamchisi Anjelo Alessioning kurtkasidan ushlab, uni turtib yuborganini tushuntirish berdi.

"U doimo qo'limga tushib qoladi! Burchak to'pi uzatilayotganda futbolchilar poziciyasini o'zgartirishim kerak edi, chunki ikkinchi korner paytida "Arsenal"ning 6 futbolchisi oldinga chiqdi va biz ularning birini jarima maydonchasi chetida yopa olmadik. Juda xavfli vaziyat bo'ldi.

Futbolchilarimga baqirishga harakat qildim va yordamchimga ushbu ma'lumotni ularga etkazishni aytdim. Buni uddalay olmadik va gol qo'yib yuborishimiz xavfi katta edi. Anjelo bunday vaziyatlarda his-tuyg'ularga boy bo'lishimni yaxshi biladi. Faqat futbolchilar emas, murabbiylar ham bor e'tiborni o'yinga qaratishini istayman, chunki g'alaba va mag'lubiyatda hamma aybdor bo'ladi" - deydi Konte.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com