

Fransiyalik mutaxassis Arsen Vengerning agenti Shandor Varga mijozining Rossiya chempionatida ish boshlashiga qarshi emasligini bildirdi.
“Venger Moskvaning Spartak klubi bilan muzokara o'tkazgani yo'q, lekin u Rossiyaga nisbatan juda iliq munosabatda va bir oyni ajoyib tarzda jahon chempionatida o'tkazdi. Arsenga mahalliy chempionatdan ish taklif qilishsa juda ham xursand bo'lardim”, deydi 69 yoshli murubbiyning agenti.
Avvalroq, moskvaliklarni Jennaro Gattuzo boshqarishi haqida xabar tarqalgandi. Gattuzo ayni payt Rossiyada bo'lib turibdi.



