

Uning xayrlashuv uchrashuvi 11-sentyabr kuni Etixad o'yingohida o'tkaziladi. Mazkur o'yinda Manchester Siti afsonalari APL yulduzlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan tushadigan barcha mablag' Manchesterdagi uysiz insonlarga taqdim etiladi.
Kompani shaharliklar safida 11 yil harakat qilib, 360ta o'yinda (20 gol) qatnashdi va 12ta titulni boshi uzra baland ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Avvalroq, belgiyalik 33 yoshli himoyachi keying faoliyatini Anderlext klubida davom ettirishini aytgandi.



