"Komo" tinmayapti: jamoa endi Depay va Marsyalga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024
Ikkala futbolchi ham erkin agent.

Italiya A Seriyasiga chiqqan "Komo" Madridning "Atletiko" klubi sobiq hujumchisi Memfis Depay va "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalni safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi Nikolo Shira.

Italiyaliklarning taklifiga 30 yoshli Depay qiziqmoqda, 28 yoshli Marsyal esa bu haqda o'ylamoqda. Har ikki futbolchi "Atletiko" va "Manchester Yunayted" bilan shartnomalari iyun oyida tugaganidan keyin erkin agent hisoblanadi.

Memfis Depay 2023/24 yilgi mavsum "Atletiko" tarkibida 31 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Antoni Marsyal esa "Manchester Yunayted" libosida 19 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira