Komiljon Mirzaboev OAV bilan uchrashadi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2014
Xabaringiz bo'lsa kerak, yaqinda mustaqil jurnalist Farhod Norbo'taevning "Yomg'irdan qochib do'lga tutilgan "Neftchi" maqolasidan so'ng o'zbek futboli jamoatchiligida turli xil gap-so'zlar urchiy boshladi.
Bu borada hamma o'z shaxsiy fikrini bildirib o'tdi. Maqolaning ta’sir kuchi yuqori bo'lganligi uchun ham Neftchi matbuot xizmati mazkur maqola yuzasidan raddiya yozishini ma'lum qilgandi. Shundan so'ng ko'pchilik ikkinchi tomonning fikrini bilishga qiziqdi, "Neftchi" rasmiy saytida raddiyani chiqishini intiqlik bilan kutmoqda. Lekin hanuzgacha maqola chiqmayapti. Klub matbuot kotibi Abror Dehqonovning aytishicha Farhod Norbo'taev maqolasiga raddiya yozilmaydigan bo'ldi.

Uning o'rniga "Neftchi" klubi raisi Komiljon Mirzaboev ushbu maqola yuzasidan OAV xodimlari bilan uchrashib, ularning savollariga javob berishni maqul topgan. Shu bois "Neftchi" klubi matbuot xizmati bugun OAVda mehnat qilayotgan barcha jurnalistlarni ushbu ochiq muloqotga taklif qiladi. Mazkur matbuot anjumani bugun soat 15:00da Farg'onadagi tadbirkorlar palatasining anjumanlar zalida o'tkazilishi haqida ma'lumot berildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia