Komiljon Mirzaboev: “Neftchi” – “Paxtakor” o'yini “Qirguli SK”da bo'ladi

Narzulla Saydullayev
26 okt 2013
Seshanba kuni oliy liganing 24-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Unda turning markaziy o'yini shubhasiz “Neftchi” – “Paxtakor” bo'ladi.
Azaliy raqiblarning to'qnashuvi doimo keskin kurashlarga boy tarzda o'tib kelgan. Bo'lajak bahsga ham har ikkala futbolchilari jiddiy hozirlik ko'rayotgan bo'lsa ajab emas. Ushbu o'yinni Qo'qon shahridagi “Markaziy” stadionda o'tkazilishi to'g'risida xabarlar urchiy boshlagandi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Neftchi” klubi raisi Komiljon Mirzaboev bilan bog'landik.

- Jamoamizning “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o'yini Qo'qonda o'tkaziladi degan gaplar asossiz. Chunki “sherlar” bilan uchrashuv Farg'ona shahridagi “Qirguli SK” stadionida o'tishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Bahsdan oldin chiqariladigan reklama afishalariga ham uchrashuv joyini aynan “Qirguli SK” stadionida deb yozilgan. O'yin boshlanish vaqti 15:00ga belgilangan - deydi Mirzaboev.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia