Kolumbiya JCH-2026 saralashiga RPLdan 4 nafar futbolchini jalb qildi

Omonjon To`xtamirzayev
1 sen 2023, 14:38
Kolumbiya termasi JCH-2026 saralashining dastlabki uchrashuvlari uchun tarkibini e'lon qildi.

8 sentyabr kuni Kolumbiya o'z maydonida Venesuelani qabul qiladi, 13 sentyabr kuni esa safarda Chiliga qarshi bellashuv rejalashtirilgan.

Kolumbiyaliklar tarkibiga nazar solsak, Rossiya Premer-Ligasidan bir yo'la 4 nafar futbolchi chaqirilganini ko'rish mumkin: Jon Kordoba ("Krasnodar"), Xorxe Karraskal ("Dinamo"), Mateo Kasserra va Vilmar Barrios (ikkalasi "Zenit").



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcf.com.co