Kolo Ture: "Arsenal" uzoq yillar bir xil xatoni takrorladi"

Mirjalol Normatov
26 mar 2023
"Arsenal"ning sobiq himoyachisi Kolo Ture klubga Bukayo Saka bilan 10 yillik shartnoma tuzib qo'yishni tavsiya qildi.

"Arsenal" Premer-ligani yutishga loyiq jamoa sifatida ko'rinmoqda, ularda sifat va jamoaviylik bor. Jamoa birgalikda himoyalanmoqda va hujumga o'tmoqda. Futbolchilar bir oila sifatida shakllangani ko'rinib turibdi. Ular bir-biri uchun kurashishga tayyor holatda.

"Arsenal"ga tavsiyam: Saka bilan 10 yillik shartnoma imzolash kerak! Klub uzoq yillar davomida bir xil xatoni takrorladi: muxlislar sevgan, tarkibdagi asosiy futbolchilarning ketishiga ruxsat berildi. 

Bunday futbolchilarni saqlab qolish kerak, aynan shunday futbolchilar jamoani oldinga boshlaydi. Bunday futbolchilar jamoa og'ir holatga tushib qolganida mas'uliyatni bo'yniga oladi va borini beradi. Shu sababli bunday futbolchilarni muxlislar yaxshi ko'rishadi", - dedi Ture.

Saka ushbu mavsumda APLning 28 o'yinida 12 gol va 10 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports