Koku iste'foga chiqsa, Runi "Derbi" bosh murabbiyiga aylanadi

Alisher
23 okt 2020, 15:23
"Derbi Kaunti" hujumchisi Ueyn Runi niderlandiyalik Filipp Koku iste'foga chiqqan taqdirda, jamoa bosh murabbiyiga aylanadi.

Manbaning xabariga ko'ra, Kokuning Angliya klubidagi faoliyati yakunlanish arafasida. Bugun Chempionship 7-tur doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda salbiy natija qayd etilsa, niderlandiyalik lavozimidan ozod etiladi va uning o'rnini Runi egallaydi.

Qayd etish kerakki, Ueynda UEFA murabbiylik licenziyasi yo'q.

"Derbi" 6 turdan so'ng 3 ochko jamg'ardi va Chempionship jadvalida 23-o'rinda bormoqda. Runining "qo'chqorlar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va klub o'zaro shartnomani bir mavsumga uzaytirish huquqiga ega.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail