Koke - "Atletiko"da rasmiy o'yinlar (551) o'tkazish bo'yicha rekordchi. U Adelardodan o'tib ketdi

Alisher
11 sen 2022
Koke "Selta" (4:1)ga qarshi La Liga doirasidagi o'yinda assist qayd etdi.

30 yoshli Ispaniya terma jamoasi xavbeki "Atletiko" safida rasmiy o'yinlardagi 551-o'yinini o'tkazdi va klub tarixida birinchi o'ringa chiqdi.

Koke bu borada madridliklar safida 1959 yildan 1976 yilgacha (550ta o'yin) o'ynagan yarim himoyachi Adelardodan o'tib ketdi.

Koke 2009 yildan beri "Atletiko"da o'ynaydi va madridliklarning sardori hisoblanadi.



AlisherMuallif
Manba: Mister Chip