Klubsiz qolib ketgan Serxio Ramos faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin

Alisher
3 sen 2023
“Real Madrid” afsonasi Serxio Ramos faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Bu haqida insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. 37 yoshli himoyachiga “Al Ittihod” ikki yillik shartnoma taklif qilgan. Shartnomada Ramos istagan vaqtida klub bilan kelishuvni bekor qilish punkti ham bor. Hozircha Ramos Saudiya jamoasiga aniq javob bermagan. U Turkiyadagi vaziyatni o'rganmoqda. 

Ispaniyalik himoyachi PSJdan ketganidan so'ng hozircha erkin agent bo'lib turibdi. 


AlisherMuallif
Manba: championat.com