Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Realni kim boshqarishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Khoja
28 apr 2025, 10:46
Madridning Real klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin kunlarda Los Blankos prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, uning jamoadan ketishini muhokama qiladi.

Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Anchelotti La Liganing so'nggi turidan so'ng jamoani tark etadi. Iyun oyida boshlanadigan klublar o'rtasidagi JCHga esa Santyago Solari, Kastiliya bosh murabbiyi Raul yokida yoshlar jamoasi ustozi Alvaro Arbeloa olib borishi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: ESPN