

Mazkur muddatga qadar qarzdorlikni to'liq bartaraf etmagan futbol klubiga nisbatan qishki transfer oynasi bilan bog'liq sankciyalar qo'llanadi. Bu haqda O'FA futbol klublarini rasman boxabar qildi.
Ma'lumot uchun, 2023 yil yakuniga yetib borayotgan bo'lsa-da, ayrim futbol klublari futbolchilar va murabbiylar oldidagi qarzdorligini bartaraf etmagan. Vaholanki, licenziyalash bo'yicha reglamentning F.04-bandiga asosan futbol klubi o'zining joriy/sobiq futbolchisi hamda murabbiyi oldidagi qarzdorlikni o'z vaqtida bartaraf etishi, shuningdek, qarzdorlik mavjud emasligi to'g'risidagi deklaraciyani Licenziya beruvchi organga taqdim etishi lozimligi belgilangan.



