Kloze: “Myuller Germaniya terma jamoasida mening natijalarimni yaxshilashi mumkin”

Tolibjon Qosimov
24 iyun 2014
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze jamoadoshi Tomas Myuller nomiga iliq so'zlar aytib o'tdi.
Klozening fikricha, “Bavariya” futbolchisi terma jamoa tarkibida uning natijalarini yaxshilashi mumkin. Hozirgacha Kloze jahon chempionatlarida 15 gol urishga erishgan.

“Tomas Myullerning mashg'ulotlarini kuzatib boradigan odam, uning qobiliyatlarini yaxshi biladi. U so'zsiz mendan o'tib ketishi mumkin. Tomas Germaniya terma jamoasida mening natijalarimni yaxshilashi mumkin. U har qanday holatda ham, o'zini ko'rsata oladi” – deydi Kloze.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com