Klopp Trent va Robertsonni markaziy himoyada o'ynatmoqchi bo'lganini tan oldi

Mirjalol Normatov
28 fev 2021
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp qanot himoyachilari Trent Aleksandr-Arnold hamda Endi Robertsonni himoyaning markazida o'ynatmoqchi bo'lganini tan oldi.

Ayni damda mersisaydliklarda jarohatlar sababli futbolchilar muammosi bo'lib turibdi.

"Tajribali qanot himoyachilarimizni markaziy himoyachilar sifatida o'ynatmoqchi bo'lgandim. Ammo bunday qilmadik.

Asosiy himoyachilar safdan chiqqanidan keyin, o'yin tizimini o'zgartirish kerak bo'ladi. Agarda qanot himoyachilarni markazga ko'chirsak, qanotdagi o'yinlarimiz susayardi va bu o'yinimizning yanada yomonlashishiga olib kelardi", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal