Klopp: "Televizorni yoqsam 1:0 edi. Qaytsam 5:0 bo'lib qolibdi. Televizorim buzulib qolgan deb o'yladim"

Mirjalol Normatov
30 apr 2023, 14:49
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Nyukasl" - "Tottenxem" uchrashuvidagi hisobdan ajablanganini aytdi.

Bugun mersisaydliklar APL doirasida "shporlar"ga qarshi o'ynaydi.

"Uyga kelib. televizorni yoqqanimda hisob 1:0 edi. Keyin bir ishimni bitirib, tezda televizorga qaytsam, hisob 5:0 ekan.

To'g'risini aytaman, televizorim buzulib qolgan deb o'yladim. Keyinroq o'yinni tomosha qilib chiqdim. "Nyukasl" hozirda ajoyib holatda. Demak, barcha narsa bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga "Tottenxem" yanada kuchliroq bo'lishini kutyapman. Xarri Keyn istalgan vaziyatda gol urib ketishi mumkin. Unda mahorat etarlicha", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN