Klopp: "Manchester Yunayted" – eng kuchli uy jamoasi. Buni hammamiz bilamiz"

Administrator
6 apr 2024, 00:34
"Manchester Yunayted" va "Liverpul"dagilar APL doirasidagi o'zaro o'yin haqida gapirishni boshlab yuborishdi.

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z jamoasi Angliya kubogi chorak final o'yinida nega MYUga yutqazib qo'ygani va bo'lajak to'qnashuv haqida gapirdi.

"Buni o'sha o'yindan keyin ham aytgandim – MYU kubok o'yinini faol boshlagandi. Keyin tashabbusni biz qo'lga oldik. Qo'shimcha bo'limlarda esa MYUga kuchimiz yetmadi. Yaxshi xabar shundan iboratki, bu safar qo'shimcha bo'limlar bo'lmaydi. Kubok o'yinida qo'shimcha bo'limlar biz uchun juda ko'pliq qilgandi, MYU bilan kurasha olmay qolgandik. 

"Manchester Yunayted" – eng kuchli uy jamoasi. Buni hammamiz bilamiz. Lekin avvalgi o'yin kabi ma'lum daqiqalarda xuddi o'sha ishni qaytaramiz deya olmayman. Futbol oson o'yin emas. Biz "Manchester Yunayted"ga muammolar tug'dirishimiz kerak. Bunday raqib bilan, bu kabi stadionda natijaga erishmoqchi bo'lsak, rostdan ham juda yaxshi futbol ko'rsatishimiz kerak", -deydi Yurgen Klopp.

Ma'lumot uchun, APL 32-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" – "Liverpul" uchrashuvi 7 aprel kuni o'tkaziladi.


AdministratorMuallif
Manba: https://www.liverpoolfc.com/