Klopp: "Manchester Siti"ning asosiy kuchi - futbolchilarning taktik intizomi"

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 23-tur uchrashuvidan oldin raqib haqida fikr bildirdi.

"Siti"ning asosiy kuchi - futbolchilarning taktik intizomida. Ular o'z harakatlarini yana va yana takrorlashadi va buni fantastik tarzda bajarishadi. Bu biz uchun yaxshi, chunki ularning qanday harakat qilishini, kuchini bilamiz, biroq muammo shundaki, har bir chiziqda jahon darajasidagi futbolchilar to'p tepadi. "Siti"ga qarshi himoyalanish mumkin, biroq juda qiyin. Raqib buni juda yuqori darajada uddalaydi. De Bryuyne yoki Silva o'rnini Gyundogan egallay olishi juda ajoyib.

Ularga qarshi to'p tepish qiziq bo'ladi. Ular haqiqatdan ham yaxshi o'ynashadi va agar ularni hurmat qilmasangiz, sizda muammolar bo'ladi. Shunday uchrashuvlarda futbolchilar o'zini ko'rsatishi kerak" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com