Klopp Konate qachon "Liverpul" tarkibida debyut qilishini aytdi

Alisher
19 iyul 2021
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda "RB Leyptsig"dan o'tgan Ibraima Konatening qachon jamoada debyut qilishini aytdi.

"U yaxshi dam oldi, unda yaxshi mavsum oldi tayyorligi ham bo'ldi, shu sabab u seshanba kuni o'ynashi mumkin. 

Ko'pchilik bizni "RB Leyptsig"ga o'xshatadi va ular haq, ammo o'rtamizda juda muhim bo'lgan farqlar ham mavjud", - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Konate "RB Leyptsig"dan 40 mln evro evaziga o'tdi. U nemis klubida 2017 yildan beri o'ynab kelayotgandi.


AlisherMuallif
Manba: Express Sport