Klopp kasalxonani tark etdi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2017
Kasalxonaga tushib qolgan "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shifoxonadan chiqdi va ayni damda mashg'ulotda ishtirok etmoqda.

Yurgen Klopp bir nechta tibbiy ko'rikdan o'tish uchun kasalxonaga yotgan edi. 50 yoshli mutaxassisni aynan nima bezoqta qilayotgani ma'lum qilinmayapti, biroq nemis mutaxassis hayotiga hech narsa xavf solmayotgani aniq.

17 noyabr kuni Yurgen Klopp ishtirokida jurnalistlar bilan matbuot-anjumani bo'lib o'tadi. 18 noyabr kuni esa "Liverpul" APLning 12-turida "Sautgempton" bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph