Klopp jamoada yo'qotish borligini aytdi

Mirjalol Normatov
24 dek 2019
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberleynning jarohati haqida gapirdi.

"Taxmin qilganimizdek, uning to'pig'ida jarohat bor. U erda 3ta bo'g'im bor va ularning asosiysi zararlangan. Endi shunchaki kuzatish, jarohat qachon tuzalishini kutish kerak. Shu boisdan hozir men aniq bir vaqt ayta olmayman. Uzoq yillar oldin menda ham shunday jarohat bo'lgan. Tiklanish sekin yoki tez bo'lishi mumkin. Biroq u bu yil boshqa o'ynamasligi aniq", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/LFC