Klopp Gyotce xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2016
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Bavariya" yarim himoyachisi Mario Gyotce xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Klopp Gyotcening iqtidoridan xabardor, chunki u Dortmundning "Borussiya" klubida yarim himoyachi bilan birga ishlagan.

Gyotce nemis grandining asosiy tarkibidan joy olishga harakat qilishini bir necha marotaba aytgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" 2016 yilga 50 mln. evro evaziga Gyotce bilan xayrlashishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild