Klopp: "Chemberlenni yaxshi ayol erini qamoqdan chiqishini kutgandek kutaman"

Mirjalol Normatov
27 apr 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp muxlislar agressiv holatga tushmasligini so'ramoqda.

"Bu shunchaki futbol. Tushunmayman, nima uchun odamlar shuni bilishmaydimi. Muxlislar ham o'z javobgarligini bo'yniga olishi kerak. Agarda "Roma" finalga chiqadigan bo'lsa, demak ular bunga haqli. Agarda biz final yo'llanmasini qo'lga kiritsak, demak biz bunga loyiqmiz.

Rimda bizni ajoyib atmosferadagi futbol kutmoqda. Biroq biz bunga qaramaymiz va faqatgina o'yin haqida o'ylaymiz.
Chemberlen? Shunday darajadagi futbolchi bilan yoqimsiz holat ro'y berganidan afsusdaman. U yaxshi futbolchi va ajoyib inson. Uni yaxshi ayol erini qamoqdan chiqishini kutgandek kutaman", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN