Klopp - Aleksandr-Arnoldning burchakdan uzatgan to'pi haqida: "Men futbolda ko'rgan eng ideal vaziyat"

Mirjalol Normatov
12 may 2019
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona" bilan o'yinda urilgan to'rtinchi golda Trent Aleksandr-Arnoldning burchakdan uzatgan to'pi haqida gapirdi.

"Uning qilgan ishi ajoyib bo'ldi. Bu men futbolda ko'rgan eng ideal vaziyatlardan biri. Ammo shunday bo'lsa ham bu vaziyatda gol urish qiyin edi. To'p sakradi, bunday 10 holatning 9tasida to'p tribuna tomon kyetib qolardi. Faqatgina Trentni emas, zarbani mukammal yo'llagan Origini ham maqtagan bo'lardim", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror