Klopp: "100% ishonchim komil, Kariusga miya chayqalishi ta’sir qilgan"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2018, 15:11
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, Loris Kariusning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi final uchrashuvidagi (1:3) omadsiz o'yini, miya chayqalishiga bog'liq.

Eslatib o'tamiz, nemis posboni Serxio Ramos bilan to'qnashuvdan so'ng jarohat olgan edi.

"100% ishonchim komil, Kariusga miya chayqalishi ta’sir qilgan. Boshqa fikrlar meni havotirlantirmaydi. Jarohatni bahona sifatida ishlatmaymiz, biz sodir bo'lgan vaziyatni tushuntiryapmiz" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com