

"Birinchi bo'limda biz juda orqada o'ynadik, murabbiy so'raganlarini bajarganimiz yo'q. U biz oldiroqda o'ynab, pressing uyushtirishimizni istagandi, biz esa aksini bajardik. Tanaffusdan so'ng yaxshiroq o'ynadik, ikki-uch imkoniyatga ega bo'ldik, biroq ularning faqat bittasidan unumli foydalandik.
Bizning birinchi bo'lim yaxshi o'tmadi, lekin "Monako" munosib o'yin ko'rsatganini tan olish kerak. Murabbiy o'z falsafasiga ishonadigan inson, biz esa uning ko'rsatmalarini bajarmadik" - deydi Klishi.



