Klishi Fenerbaxche bilan 3 yillik shartnoma borasida deyarli kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2017
Himoyachi Gael Klishi katta ehtimol bilan Fenerbaxchega o'tadi.

Futbolchi mavsum tugagach Manchester Sitidan erkin agent sifatida ketdi.

Fenerbaxche bilan muzokaralar ancha oldinga siljigan. Tomonlar 3 yillik shartnoma borasida deyarli kelishib bo'lishdi.

Himoyachi yaqin kunlarda Fenerbaxchega o'tgani rasman e'lon qilinadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lequipe.fr