"Kiyinish xonasidagi gaplar o'sha erda qolishi shart!" - Messi zamonaviy futbolchilarning odatini tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2026
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi maydondagi va kiyinish xonasidagi xulq-atvor haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Argentina terma jamoasi yulduzi hozirgi avlodning hamma narsani ijtimoiy tarmoqlarga olib chiqishidan norozi ekanligini yashirmadi.

Maydondagi hissiyotlar haqida:

Messining so'zlariga ko'ra, o'yin vaqtida hissiyotlarni jilovlash juda qiyin:

"Men farishta emasman. O'yin davomida qizishib ketasan. Ammo maydonda bo'lgan voqea maydonda qolishi kerak. U erda o'zingni nazorat qilish qiyin. Bazida tezkor reakciya qilasan, yuraging esa maksimal darajada urayotgan bo'ladi. Keyinroq, xotirjam bo'lib ortga qaraganingda, qilgan ishingdan afsuslanasan. Lekin o'sha lahzada g'iybatlardan qochish haqida o'ylamaysan.

Keyin esa o'zim ko'rgan narsalardan xafa bo'laman. Ehtimol, bazida haddan oshib, ortiqcha gapirib yuborgandirman, chunki o'sha lahzadagi harorat seni qamrab oladi".

Avlodlar qarama-qarshiligi:

Leo kiyinish xonasidagi sirlarning tashqariga chiqishi uning uchun g'alati ekanligini ta'kidladi:

"Kiyinish xonasida nima sodir bo'lsa, o'sha erda qolishi shart. Hozir odamlar kiyinish xonasidagi voqealarni ommaga olib chiqishi men uchun juda g'alati tuyuladi. Men boshqa avlod vakiliman, lekin zamon ham o'zgaryapti. Bugungi kunda odamlar ijtimoiy tarmoqlardan ko'proq foydalanishyapti va hamma narsa yanada ochiq bo'lib qolgan", - dedi Messi "Miro de Atrás" dasturi efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Infobae