Kiran Tripper: "Markus Reshford ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi"

Administrator
24 fev 2023
Himoyachi Reshfordni hozirda eng zo'ri deb hisoblaydi.

"Nyukasl" klubi himoyachisi Kiran Tripper MYU hujumchisi Markus Reshfordning ayni damdagi formasi haqida gapirdi.

Ha, Markus Reshford ayni damda dunyoning eng zo'r futbolchisi. Men Markus fantastik o'yinchi ekanligini har doim aytib kelganman. U bilan terma jamoada birga o'ynayman va uning nimalarga qodirligini bilaman.

Reshfordning sport formasi ajoyib, ammo final o'yinida boshqa kuchli o'yinchilarga ham e'tibor qaratishimiz kerakyu 

Lyuk Shou ham hozirda super o'yin ko'rsatmoqda. Biroq, takidlaganimdek biz ma'lum bir futbolchiga e'tibor qarata olmaymiz. Men o'z o'yinimga, tayyorgarlikka e'tibor qaratishim kerak. Shu orqali MYU ga muammolar tug'dirishga urinishimiz lozim", -deydi Kiran Tripper.

Ma'lumot uchun, yakshanba kuni "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" Angliya Liga kubogi finalida o'zaro to'qnash kelishadi.


AdministratorMuallif
Manba: BBC Sport