

Presnel Kimpembe Fransiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasidan chiqarildi.
PSJ himoyachisi Dide Deshamning dastlabki tarkibiga kiritilgandi, ammo bugun futbolchi turnirni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi – u jarohatidan to'liq forig' bo'lmagani aytilmoqda. Uning o'rniga "Monako" himoyachisi Aksel Disasi terma jamoa ixtiyoriga jalb qilindi.
Kimpembe 10 sentyabrdan 25 oktyabrgacha son qismidagi jarohat tufayli maydonga tushmadi. Keyinroq PSJning uchta o'yinida qatnashdi, biroq ularning birortasida 90 daqiqa o'ynamadi.
JCH-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Fransiya terma jamoasi Avstraliya, Daniya va Tunis bilan bir guruhdan joy olgan.


