Kimmix keyingi yil "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etadi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2024
Germaniya terma jamoa vakili Yozua Kimmix katta ehtimol bilan 2025 yil "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Ayni damda yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazilmayapti. Kimmixning 19,5 million evro maoshini inobatga olsak, bu ish amalga oshishi ham qiyindek. Biroq barchasi Yevropa chempionatidan keyin o'zgarishi mumkin.

"Barselona" 29 yoshli nemis futbolchisini o'z safida ko'rishni istamoqda. Kataloniyaliklar yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Kimmix iqtidorining chinakam muxlisi hisoblanadi. Hozir "Barselona" ushbu transferni pulga amalga oshira olmasa ham, 2025 yil klub futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rmoqchi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sportbild.bild.de