Kim Min Je "Bavariya"ni A Seriya top klubiga almashtirishi mumkin

Alisher Ostonov
14 mar 2026, 14:50
"Bavariya" himoyachisi Kim Min Je yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga Italiyada davogar paydo bo'ldi. Min Jega "Milan" qiziqmoqda. Shuningdek, "rossonerilar" short-listga "Lacio" a'zosi Mario Xilni ham kiritgan.

Kim Min Je joriy mavsum "Bavariya" safida 26 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda himoyachi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: gazzetta.it