Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining JCH-2026 yarim finaliga chiqqaniga munosabat bildirdi

10 iyul 2026, 07:37
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 chorak finalida Marokko terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng o'z fikrlarini aytdi.

"Marragacha hali ancha bor. Bizni oldinda biz bosib o'tgan yo'ldan ko'ra ancha qiyinroq sinovlar kutayotganini bilamiz. Keyingi bosqichlarda sodir bo'ladigan voqealarga to'liq tayyormiz", - deya Mbappening so'zlarini jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltiradi.

Ushbu uchrashuvda Mbappe bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, hujumchi birinchi bo'limda penaltidan unumli foydalana olmadi.

JCH-2026 yarim finalida Fransiya milliy terma jamoasi Ispaniya - Belgiya (10 iyul) juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com