Kilian Azar akasining “Real”dagi kelajagi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2022
Eden Azarning kichik ukasi Kilian Azar akasi mavsum tugagach, “Real”dan ketmasligini aytdi.

“Eden bilan hammasi joyida, u oilasi kabi o'zini Madridda yaxshi his etmoqda. U shartnomasini yakuniga etkazib qo'yadi. Hozirda Azar kamroq o'ynamoqda, ammo u juda zo'rligini hamma biladi. U zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytirishga qodirligini isbotlashi kerak”, deydi Kilian.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli belgiyalik 2019 yil “Chelsi”dan “qaymoqranglilar” safiga kelib qo'shilgan. Vingerning shartnomasi esa 2024 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport