Kibersport (CS GO). Bugun tarkibida o'zbekistonlik bo'lgan Virtus.pro francuzlarga qarshi o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2020
Koronavirus pandemiyasi tufayli deyarli barcha mamlakatlarda sport musobaqalari to'xtatilgan.

Ammo bu virus kibersport musobaqalariga jiddiy ta’sir ko'rsatmadi. Ayni damda CS GO (Counter-strike Global Offensive) bo'yicha ESL tomonidan o'tkazilayotgan Pro Liganing 11-mavsumida Qozog'istonning Virtus.pro jamoasi ishtirok etmoqda. Ushbu jamoada hamyurtimiz Sanjar Kuliev (SANJI) sichqoncha suradi.

"C" guruhining dastlabki ikkita uchrashuvida mag'lub bo'lgan Virtus.pro bugun o'zining uchinchi o'yinini Fransiyaning G2 Esports jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. O'yinlar BO3 rejimida (3ta o'yin yoki 2ta g'alabagacha) o'tkazilmoqda.


Bahslar Twitch.tv platformasidagi Maincast kanalida bir necha tilda translyatsiya qilinadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia