

O'zbekiston virtual sport uyinlari va kiberfutbol federatsiyasiga qarashli "UzArenada" bugun O'zbekistonning eng kuchli kibersportchilari orasida FIFA 17 yo'nalishi bo'yicha "PROJECT X" musobaqasi start oladi. Ushbu musobaqa 3 kun davomida bo'lib o'tadi.
Turnir reglamentiga ko'ra birinchi kuni birinchi va uchinchi guruh a'zolari bahs olib borishsa ikkinchi kuni ikkinchi va to'rtinchi guruh kiberfutbolchilari o'zaro bahs olib borishadi. Musobaqaning uchinchi kuni pley-off va grand final bosqichi bo'lib o'tadi. Turnir jadvalini ushbu link orqali kuzatib borishingiz mumkin.




