Kiberfutbol. O'zbekistonliklar jahon chempionatida ishtirok etishadimi?

Aslanov Jasurbek
2 noya 2017
Ayni damda Fransiya poytaxti Parij shahrida FIFA18 virtual futbol o'yini bo'yicha jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralash uchrashuvlari o'tkazilmoqda.

Mundial saralash bahslarida O'zbekiston nomidan 6 kiberfutbolchi ishtirok etmoqda. Kecha ularning uch nafari o'z o'yinlarini o'tkazishdi. "Cartez91" hamda "tudobemm" nikli kiberfutbolchilarimiz ilk o'yinlardayoq mag'lubiyatga uchrab, saralash bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunlashdi. "Alibebeto" niki ostida faoliyat yuritayotgan Muhammadamin Turg'unboev esa birinchi bosqichda fransiyalik "souleyz"ni 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi, biroq navbatdagi bahsda u ham mag'lub bo'ldi va turnirni tark etdi.

Turnir jadvali bilan tanishing:

Bugun yana uch kiberfutbolchimiz ("Sanjar_Blancos", "Unicode", "huggyBaggy_94") jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishadi. Ularga Gollandiya va ispaniyalik o'yinchilar raqiblik qilishadi. Ushbu kiberfutbolchilarimizga omad tilaymiz.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia