

O'zbekistonda tug'ilgan Artur Babaev ("Arteezy")ning "Evil Geniuses" (EG) jamoasi ushbu musobaqa g'olibiga aylandi. AQSHda o'tgan The Boston Major-2016 musobaqasi yarim finalida OG ga mag'lub bo'lgan "Evil Geniuses" bu safar ushbu raqiblarini ikki marotaba taslim etishdi. G'oliblar to'rining yarim finalida OG ni mag'lublar to'riga tushirib yuborgan EG grandfinalda yana shu raqibga duch keldi. Artur Babaev jamoasi 5 ta o'yin (karta) davom etgan bahsda bu safar ham mag'lub bo'lmadi va 63 000 dollar pul yutig'i egasiga aylandi.





