eAsian Cup. O'zbekiston Qatarni mag'lub etib keyingi bosqichga chiqdi

Alisher
4 fev 2024, 17:23
O'zbekiston eAsian Cup (kibersport) bo'yicha chorak finalga yo'l oldi.

O'zbekiston terma jamoasi 1/8 finalda Qatarni mag'lub etib chorak finalga yo'l oldi. 

Birinchi o'yin: O'zbekiston - Qatar 1:1, ekstra taymlardan so'ng 4:1.

Ikkinchi o'yin: O'zbekiston - Qatar 0:0. ekstra taymlarda hisob o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida O'zbekiston 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Chorak final bahsi bugun mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (Toshkent vaqti bilan soat 19:00)da boshlanadi. Unda vakillarimiz Tailandga qarshi bahs olib borishadi.

Musobaqada O'zbekiston sharafini Salohiddin Esanov va Rashid Hakimov himoya qilmoqda, Doniyorxon Jo'raev va Akmal Abduvaliev esa delegaciya rahbari sifatida qatnashmoqda.





AlisherMuallif
Manba: championat.asia