

Toshkentdagi saralash bahslarida 32 nafar ishtirokchi qatnashdi. Murosasiz kechgan uchrashuvlarda Ilzat isimli kiberfutbolchi barcha raqiblarini mag'lub etib, birinchi o'rinni egalladi. Kuchli to'rttalikka kirgan o'yinchilar bilan tanishing:
1-o'rin. Ilzat StiveG ("Olmaliq")
2-o'rin. Sirojiddin CarTez91 ("Bunyodkor")
3-o'rin. Server Sekka
4-o'rin. Farruh Ronaldinho ("Olmaliq")

Shunday qilib PCFLning barcha viloyat va shaharlardagi saralash o'yinlari yakunlandi. Grand-final bahslaridan so'ng oliy liga va birinchi liga o'yinchilari nomi ma'lum bo'ladi.
"Vitrual Football" kompaniyasi tadbirlar tashkil qilishda yordam bergan barchaga, xususan "Bunyodkor" klubi va stadioni rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildiradi.



