Kiberfutbol: "Bunyodkor" stadionidagi anjumanlar zalida PCFL ligalari ochilishiga bag'ishlangan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi

Aslanov Jasurbek
1 dek 2016
2016 yilning 30 noyabrida Bunyodkor stadionidagi anjumanlar zalida UCFGA (Uzbekistan Cyber Football Games Association) ning kelajakdagi dasturlari va rejalari xamda PCFL(Professional Cyber Football League) Oliy va Birinchi ligalari ochilishiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan Oliy va Birinchi liga ochilishiga alokador barcha savollarga “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi” raxbarlari to'liq javob berdilar va Associaciya reglamenti, qonun qoidalari, ishtirokchilar ro'yxati hamda kelajakda o'zbek kiber futboli rivoji uchun oldinga koyilgan maqsadlarga ham to'xtalib o'tildi.


    Mavzuninig eng qiziq yangiliklaridan biri UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi”  O'FF (O'zbekiston Futbol Federatsiyasi) a'zosiga aylanganligi va bundan buyon O'zbekiston hududidagi barcha kiber futbol musoboqalarini UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi”  boshchiligida utkazilishi yuklanganligi elon qilindi. Shu qaror yuzasidan UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi”  O'zbekiston hududidagi barcha futbol  va PlayStation klublarini hamkorlikga taklif etdi.

    UCFGA  “O'zbekiston Kiber Futbol O'yinlari Associaciyasi” prezidenti Azizbek Pattahov kiber futbol O'yinlarini  nafaqat O'zbekiston hududi , xattoki Osiyo  va dunyo miqyosida rivojlantirishga o'z xissasini  qo'shish niyatidaligini ta'kidlab o'tdi. Anjuman davomida Azizbek Pattahov 2017 yilda quyilgan maqsadlar ichiga Toshkentda MDX davlatlari xamda Osiyo kubogi o'tkazilishi ham borligi aytdi. 

    Matbuot anjumanida O'zbekiston Kiber Futbol Milliy terma jamoasi tashkil etilganini va unga jamoa murabiyi etib – Dilshod Matyakubov  ("Qo'qon-1912” kiberfutbolchisi)  Jamoa sardori esa – Xislat Umarov ("Nasaf") etib tayinlandi va ularga maxsus terma jamoa  murabiyi hamda  sardorlik bog'ichi va futbolkalari  topshirildi.






    Turli telekanal jurnalistlaridan tashqari ,matbuot anjumanida, O'FF (O'zbekiston Futbol Federatsiyasi) hamda "Bunyodkor" klubi vakilari ham mehmon bo'ldilar . Associaciya tomonidan ularga hamkorlik va qo'llab-quvvatlab kelayotganlari uchun  minnatdorchilik sifatida  maxsus esdalik sovg'alari topshirildi.


 Matbuot anjumani PCFL Oliy va Birinchi ligalari turlariga qura tashlash marosimi bilan yakunlandi.

UCFGAda e'lon qilingan so'nggi xabarlarni associaciyaning Telegramdagi kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin: UCFGA kanali


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia